Poytaxtninig bahavo go‘shalariga sayohat
Joriy yilning 10-iyunida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”- milliy tadqiqot universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarova tashabbusi bilan 2-bosqich “SXM” talabalari ishtirokida shahrimizning “Botanika bogʻi"ga sayohat tashkil etildi.
Botanika bogʻi tarixan dastlabki ilmiy botanik markaz hisoblanadi. Ulardan koʻpchiligi botanikaning bir qator boʻlimlari boʻyicha tadqiqot olib boradigan muayyan mavzu yoki muammolar boʻyicha ixtisoslashgan.
Talabalar botanika bog‘ida ochiq mintaqalar bilan bir qatorda issiqxona, oranjereya va dorivor o‘tlar uchun maxsus ko‘chatxonalarda ekib o‘stirilayotgan tropik va suptropik mamlakatlarning juda ko‘p ekzotik o‘simliklari bilan tanishtitrildi.
O‘zbekitonda noyob sanalgan eng mashhur o'simliklardan metasekvoya, ginkgo, mangoliya, lola daraxti, yapon behisi, eryemyrys, botqoq sarvi, guksapsar va boshqa o‘simliklar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.Axrarovava axboroti
Universiteti matbuot xizmati