E'lonlar

25.04.2024

Poytaxtimiz talaba-yoshlari va ommaviy axborot vositalari vakillari diqqatiga!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi  tashabbusi bilan tashkil etiladigan “Bitiruvchi va talaba yoshlar-2024” loyihasiga start berilishi munosabati bilan 26-aprel kuni soat 11:00 da matbuot anjumani bo’lib o’tadi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov va boshqa mutasaddilar ishtirok etadi.

Manzil: Toshkent shahar hokimligi binosi, 305-xona