Poytaxt maktablarining o‘tgan yilgi milliy reyting natijalariga bag‘ishlangan anjuman
Bugun Milliy tadqiqot universitetimizning Madaniyat saroyida Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablarining 2021 yil milliy reyting natijalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda mehmon sifatida prorektor Baxtiyor Xudoyorov qatnashdi. Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari hamda tuman xalq ta’limi bo‘limlari mudirlari ishtirok etishdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 iyundagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 345-son qarori asosida 2021 yilda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tasarrufidagi 317 ta umumta’lim maktablarining reytingi natijalari to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i Xusanbaeva Nilufar Kasimbaevna davrani ochgach, mavzu bo‘yicha Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi Ta’lim sifati monitoringi bo‘limi bosh mutaxassisi Bekmuxamedova Umida Xolmatjonovnaning hisoboti tinglandi. Tadbir savol-javob va munozarali tusda o‘tdi.
Universitet matbuot xizmati