TIQXMMI yangiliklari

img
14.05.2022

Politexnika muzeyiga tashrif

Toshkentda fan va texnika, transport vositalarining rivojlanish tarixi, buyuk olimlarning olamshumul ixtirolari haqida hikoya qiluvchi – O'rta Osiyoda yagona bo'lgan Politexnika muzeyi 2015-yili ish boshlagan edi. Ushbu muzeyga 12 - may kuni "TIQXMMI" MTU "QSXET" fakulteti tyutori J.Sa'dullayev tashabbuskor talabalar bilan birga tashrif buyurishdi. Poytaxt markazida joylashgan muzey ekspozitsiyasi uchta: “Dunyo avtomobilsozligi tarixi”, “O'zbekiston avtomobilsozlik sanoati tarixi”, “Interfaol mashg'ulot” qismlaridan iborat. “Dunyo avtomobilsozligi tarixi” deb nomlangan birinchi qismda dunyo avtomobilsozligining rivojlanish tarixidan hikoya qiluvchi dastlabki avtomobillar, jumladan, bugungi kunda antikvar avtomobilga aylangan “Wolksvagen Juk”, “Moskvich 400”, “GAZ-13”, “Chayka” hamda bug', elektr, ichki yonuv dvigitelli avtomobillarning maketlari bilan boyitilgan muzeyda talabalar avtomobillarning yaratilish tarixi va asoschilari haqidagi ma'lumotlarni muzey xodimi keng tanishtirdi.

         QSXET fakultet tyutori J.Sadullayev axboroti

           Universitet matbuot xizmati