TIQXMMI yangiliklari

img
22.04.2022

Piskent tumaniga tashrif

Ilk ilmlarni olish maktabdan boshlangani kabi yoshlarning asosiy savodxonligi ham shu maskanda shakllantiriladi. Haqiqatda maktab – bilim va ko`nikmalarning asosiy manbayi. Hozirgi davrda yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha ta’lim muassasalari xodimlarining vazifasi yosh avlodga faqatgina bilim beribgina qolmasdan, balki, innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalashdan iboratdir.

Universitetning “Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti” fakulteti “Elektrtexnologiyalar va elektr jihozlardan foydalanish” kafedrasiga biriktirilgan Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi 10-sonli umumta’lim maktabiga kafedraning dotsentlari A. Turdiyev hamda O’. Xoliqnazaro’vlar  tashrif buyurishdi.

Maktabda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni, yoshlarning qiziqishlariga ko’ra tashkil etilgan to’garaklar faoliyati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ’ibotining qamrov darajasi haqida tanishib chiqdilar va kafedra o’qituvchilarining kitoblaridan sovg’a  sifatida o’quvchilarga topshirdilar.

Maktab jamoasi ham o’z navbatida bunday fikr va tajriba almashuvlar, o’rganish ishlarining tashkil etilishi ta’lim samaradorligiga faqat ijobiy ta’sir etishi to’g’risida o’z fikrlarini bildirishdi.

“ET va EJF” kafedrasi O’. Xoliqnazarov axboroti

Universitet matbuot xizmati