Pazandalik mahorati ko’rik tanlovi
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti talabalar turar joyida talaba-qizlar o‘rtasida joriy yilning 20-yanvar kuni “Osh bo‘lsin”, “Lazzatli taomlar tayyorlash sirlari”, “Pazandalik mahorati” ko‘rik tanlovlari tashkil etildi. Mazkur ko‘rik tanlov bo‘yicha barcha talaba-qizlarga e’lon qilindi hamda qatnashish istagi bor qizlarni fakultetlar kesimida ro‘yhati shakallantirildi.
Ushbu ko‘rik tanlovda “Gidrotexnika qurilish” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F.Yunusova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Azimov va Universitetimiz psixologi M.Muxamedovalar va fakultet tyutori D.Xursandova qatnashdilar. Ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan o‘zbek palovi, chuchvaralar, foydali salatlar, mohirona bezatilgan ajoyib mevalar va turli xil o‘zbek milliy taomlaridan tayyorlab o‘z mahoratlarini ko‘rsatdilar. Ko‘rik tanlovda ishtirok etayotgan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F.Yunusova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Azimov, Universitetimiz psixologi M. Muxamedova hamda tyutor ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan taomlarga quydagicha baho berdilar:
1-o‘rin: Gidromilioratsiya fakulteti talabasi - Mamatqulova Sohiba
2-o‘rin: Iqtisodiyot fakulteti talabasi - Zoirova Jasmina
3-o‘rin: Ekologiya va huquq fakulteti talabasi - Muminova Muxlisa
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan talaba-qizlar universitet xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan diplomlar bilan taqdirlandilar.