Pazandachilik sirlari
2024 yil 13 mart kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini мexanizatsiyalash muxandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 2-Talabalar turar joyi 3-qavatida istiqomat qilayotgan talaba-qizlar o‘rtasida “Pazandachilik sirlari”, “Eng yaxshi oshpaz” nominatsiyasi bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. Tadbirda “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin qizlar masalalari bo‘yicha dekan muovini E.G‘aniboyeva, tyutor O.Abdullayevalar ishtirok etdilar. Pazanda talaba-qizlarimiz tomonidan tayyorlangan dasturxonimiz ko‘rki bo‘lgan patir nonlar, vitaminga boy salatlar, pishiriq, palov dasturxonimizga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Faol ishtirok etgan talabalarimizga minnatdorchilik bildirar ekanmiz, talaba-yoshlar o‘rtasida viloyatlarimizning o‘ziga xos bo‘lgan osh tayyorlash urf-odatlari bo‘yicha tadbir o‘tkazishga kelishib oldik. Tadbir so‘nggida talaba-qizlarimiz bilan oshxona sirlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashdik.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin – qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.G‘aniboeva axboroti
Universitet matbuot xizmati