08.10.2022
Pazanda qiz - oila tayanchi
Bugun 3- TTJ da YeRB-114 guruh qizlari bilan pazandalik sirlari haqida dildan suhbatlashdik. Kechagina maktabni tamomlab ota-ona bag‘ridan o‘qish niyatida ilm izlab poytaxtga kelgan yosh qizlarga nafaqat bilim berish, qolaversa, to‘g‘ri tarbiya berish , ularni mustaqil hayotga o‘rgatish biz o‘qituvchi va murabbiylarni vazifamiz. Shu maqsadda bugun ularga somsa pishirish sir-asrorlarini o‘rgatishni niyat qildim. Mazali va foydali qovoqli somsamiz hammamizga manzur bo‘ldi. Bunday tadbirlarni ko‘plab tashkillashtiraylik deb so‘rashdi. Hammaga yoqimli ishtaha tilaymiz.
YeRB fakulteti tyutori D. Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati