TIQXMMI yangiliklari

img
17.10.2022

Paxtakorga madadkor

           Qalbi qaynoq, qo‘li qadoq qishloq ayollarini bayram munosabati bilan muborakbod etishning zavqu shavqi bor. Yerga, elga mehrini bergan insonlar chinakam zahmatkashlardir.

          Universitet rahbariyati, xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan Kasaba uyushmasi raisi bilan birgalikda, faol professor-o‘qituvchilar, tyutor ayollar, talaba  qizlar ishtirokida Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumaniga Tug‘izoq qishlog‘iga borishdi.

            U yerda mehnat qilayotgan paxtakor ayollar hamda shu hududdagi  mahallalarda istiqomat qilayotgan xotin - qizlar bilan uchrashib bayram tabrigini yetkazish asnosida ularning o‘zlariga va oilalariga sog‘lik, kuch-quvvat va muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tiladilar.

         Oq oltin milliy boyligimiz bo‘lgan paxta ramzi. Oqlik ularning qalbiga monandlik ma’nosini bildirsa, oltin esa, ularning mehnati va tortgan zahmatlarining qiymatidir. Momiq, yumshoq, oppoq paxtasi ularning mehri hamda mehribonligining timsolidir.

             Ularning ta’rifida qancha so‘z aytsak, baribir kam. Ular bizning tashrifimizdan cheksiz minnatdor bo‘lishdi.

          Universitet matbuot xizmati