E'lonlar

14.10.2023

Panjiyev Sherzod Soxibovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini uchun dissertatsiya ishi himoyasi to’g’risida

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengashning 2023-yil 27-oktabr kuni soat 14 00 dagi navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tadi.

KUN TARTIBI

Talabgor Panjiyev Sherzod Soxibovichning 05.09.06-“Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Sel-suv omborlarida loyqa-cho’kindilarni boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish” mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi himoyasi.

Ilmiy rahbar:

Yangiyev Аsror Аbdixamidovich

texnika fanlari doktori, professor

Rasmiy opponentlar:

Bazarov Dilshod Rayimovich

texnika fanlari doktori, professor

Nazarov Komil Igamberdiyevich

PhD, dotsent

Yetakchi tashkilot:

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.