Ozodalik sirlari
Oliy ta'lim muassasasida tahsil olayotgan talabalarga nafaqat bilim berish, balki mustaqil hayotga tayyorlash, ularni har tomonlama barkamol inson etib tarbiyalash har bir ustozning burchidir. Shu maqsadda joriy yilning 11-dekabr kuni 3-talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlar bilan GM fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Z.F.Beknazarova va universitet psixologi M.Muhammedovalar ishtirokida "Ozodalik sirlari" mavzusida suhbat o'tkazildi.
Suhbatda talaba qizlarning yashash sharoitlari, ularning muammolari va takliflari o'rganildi. Ayniqsa, talaba qizlarga yashash joyida ozodalikka va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilish kerakligi uqtirildi. Talaba qizlar o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan Zamira opa va universitet psixologiga murojaat qilishdi hamda ular bilan dildan suhbatlashishdi.
Universitet matbuot xizmati