“Ozodalik salomatlik garovi va shaxsiy gigiena” mavzusida
Bu kishining ishlab chiqarish va ro’zg’ordagi xulq-atvorining gigienik qoidalari majmuidir. Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etish inson salomatligini saqlash va mustahkamlashga ko’maklashadi. Shaxsiy gigiena qoidalari kun tartibi, mehnat qilish, dam olish tartibi, soch gigienasi, teri gigienasi, xonadon gigienasi, qo’l gigienasi, kiyim – kechak va turar joy gigienasini o’z ichiga oladi.Tozalikka rioya qilmaslik bir qancha yuqumli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Shunday ekan har doim gigiena va tozalikka rioya qilish har birimizning burchimizdir. Tozalik va ozodalik azaldan xalqimizning milliy qadriyatlaridan biri xisoblanadi.
2023 yilning 2-dekabrida 4-TTJda Yer resurslari va kadastr fakulьtetining talaba qizlari bilan Ozodalik salomatlik garovi va shaxsiy gigiena " mavzusida davra suxbati o’tkazildi. Davra suhbatida Fakultet xоtin qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova va 4-TTJ pedagog tarbiyachisi S.Muxrumbaevalar talaba qizlarga ushbu mavzu yuzasidan ma’lumotlar va maslahatlar berib o’tdi. Tozalikni birinchi bo’lib, yashayotgan xonamizdan va undan tashqari oshxonalarni tozalashdan boshlashimiz kerak. Har birimiz uzimizning shaxsiy gigienamizga rioya qilishimiz shart. Tozalik to’g’risida har doim gapiramiz. Biroq talaba qizlarimizning hammasi ham rioya qilayotgan yo’qligi to’g’risida ham gapirib o’tlb.
ERK fakulьteti xotin-qizlar bo’yicha dekan maslahatchisi: Z.Xafizova
Universitet matbuot kotibi: R.Jumaniyozov