TIQXMMI yangiliklari

img
12.11.2021

“O’zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasi va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamkorligi

''O'zmeliomashlizing'' Davlat unitar korxonasi va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari 2012 yildan yo‘lga qo‘yilgan.  2021-yil 12-noyabr kuni, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hududi G binosi 301 – xonada “O‘zmeliomashlizing” Davlat unitar korxonasi maxsus auditoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilarini institutda amalga oshirilayotgan o‘zaro hamkorlik ishlari va ularning natijalari, “O‘zmeliomashlizing” Davlat unitar korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish orqali tashrif buyurgan soha bo‘yicha ishlab chiqarish tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlar olib borildi. Ikki tomonlama hamkorlikni domiy rivojlantirib borish maqsadida chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, korxonaning malakali hodimlari hamroxligida talabalarning joriy va ishlab chiqarish amaliyotini bevosita joylarga chiqib o‘tashlari yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, “O‘zmeliomashlizing” DUKning sohadagi mavjud muammolarni yaxshi biladigan, uzoq yillik ish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan va yuksak salohiyatlari mutaxassislari va talabalar o‘rtasida “Ustoz-shogird” ananasi yo‘lga qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori  ijrosini ta’minlashda “Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalarining “Qurilish va melioratsiya mashinalarini boshqarish” o‘quv amaliyotini o‘tash davrida O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan institutning O‘quv-ilmiy Markaziga amaliyot o‘tayotgan talabalarga suv xo‘jaligi qurilishi va melioratsiya ishlarini bajarishga mo‘ljallangan qurilish va melioratsiya mashinalarining tuzilishi, ishlash prinsiplari bilan yaqindan tanishish hamda ularni boshqarishni o‘rganish maqsadida korxona tomonidan bir cho‘michli ekskavatorlar, buldozerlar va ekskavator-yuklagichlar bilan ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari talabalarning suv xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar bilan yaqindan tanishishi maqsadida turli xil mavzularda doimiy ravishda korxona mutaxassislari tomonidan seminar treninglar o‘tkazilib kelinmoqda.

TIQXMMI matbuot xizmati