O'zlikni anglash san'ati
Joriy yilning 9 noyabr kuni QSXET fakulteti 104-105-guruh talabalari bilan universitet psixologi M.K.Muxamedova va QSXET fakulteti tyutori D. Xudoynazarovalar hamkorlikda “Negativ fikrlarni pozitiv fikrlarga o'zgartirish” mavzusida seminar trening tashkil etishdi. Mashg'ulot talabalarning o'zini boshqarish, fikrlarini nazorat qilish, muomalaga kirishish malakalarini shakllantirish, shaxs munosabatlarini rivojlantirish va korrektsiya qilish, noqulay psixologik sharoitlar va omillarga chidamlilikni oshirish, talabalarning ruhiy holatini yaxshilash, nizolarning oldini olishda yordam berish, ruhiy tushkun holatdan chiqib ketish, o'qish jarayonida, ayniqsa sessiya mahalida ko'p uchraydigan stress holatlarini oldini olish hamda sog'lom ruhiy muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalarda ko'tarinki kayfiyatni yaratishga, tortinchoqlikni yengishga, ichki qo'rquvni bartaraf etishga hamda talabalik hayotiy ritmiga kirishishga yordam beradigan turli harakatli mashg'ulotlar o'tkazildi. Trening so'ngida 1- kursga qabul qilingan talaba yoshlardan ommaviy tarzda o'tkazish ko'zda tutilgan testlar: talabalarning oliygohga qay darajada adaptatsiya hosil qilganliklarini aniqlashga va guruhdagi psixologik sferani aniqlashga mo'ljallangan testlar olindi va javoblari muhokama qilindi. Talabalar keyingi treningda insonning xarakter xususiyatlarini aniqlashga doir test va mashg'ulotlar o'tkazish taklifini berishdi. Tadbirda barcha talabalar faol qatnashishgan holda tadbir o'z nihoyasiga yetdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
TIQXMMI MTU matbuot xizmati