TIQXMMI yangiliklari

img
29.04.2022

O'zlikni anglash san'ati

Joriy yilning 28 - aprel kuni YeRB fakulteti 103-guruh talaba yoshlari bilan universitet psixologi M.K. Muxamedova va YeRB fakulteti tyutori S. Ibragimovalar talabalarning o'quv motivlari, shaxsiy  yo'nalganliklari, qadriyatlar tizimlarini o'rganish va ularga tarbiyaviy ta'sir o'tkazish maqsadidaEl netib topgay menikim, men o'zimni topmasammavzusida trening tashkil etishdi.

Tadbir davomida inson o'zini anglab yetishiuning shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishining asosiy shartlari bo'lib hisoblanishi haqida fikrlar yuritildi. Insonning shaxs sifatida shakllanishida: gigiyena, kun tartibi, kitob o'qishning o'rni haqida so'z yuritildi. Tadbir bahs munozara shaklida o'tkazildi. Tadbir davomida talabalarda o'zlariga bo'lgan ishonchni shakllantirishga mo'ljallanganMening ijobiy xususiyatlarimmashg'uloti, “O'zingni anglatesti o'tkazildi va interpretatsiya qilindi.

Tadbirda barcha talabalar faol ishtirok etishdi va keyingi tadbirInson xarakteri xususiyatlarimavzusida tashkil etilishi taklifini berishdi. Tadbir ko'tarinki kayfiyatda o'z nihoyasiga yetdi.

Universitet psixologi M.K. Muxamedova axboroti

 TIQXMMI MTU matbuot xizmati