TIQXMMI yangiliklari

img
12.10.2022

O'zlikni anglash - chin saodat

      Joriy yilning 10-oktabr kuni YERB fakulteti 201-205-210 guruh talabalari ishtirokida universitet psixologi M.K.Muxamedova va  YeRB fakulteti tyutori  S. Ibragimovalar hamkorlikda “Inson ichki dunyosiga nazar” mavzusida seminar trening tashkil etishdi. Tadbirda talabalarning xarakter xususiyatlarini aniqlashtirishga mo'ljallangan testlar va proyektiv metodikalar qo'llanildi. Ushbu testlar o'zimizni anglashimizga, atrofdagi insonlarning xarakter tipiga qarab munosabat o'rnatishimizga, insonlarni yaxshi tushuna olishimizga, ularni maqsad sari harakatga keltiruvchi omillarni bilishimizga zamin yaratadi. Tadbir davomida qiziqarli o'yin va treninglar o'tkazildi. Gippokrat bo'yicha  temperament turlarini aniqlashga mo'ljallangan test, proyektiv testlar o'tkazilib, natijasi bir-biriga solishtirildi. Barcha yig'ilish ishtirokchilari tadbirda faol qatnashishdi va o'zlari haqida yangi ma'lumotlarga ega bo'lishgan holda tadbir yakuniga yetkazildi. 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

Universitet matbuot xizmati