TIQXMMI yangiliklari

img
17.11.2021

“O’zlikni anglash – baxt tomon yo’l”

16 noyabr kuni Lashkarbegi mahallasida  “Zo'ravonlikka qarshimiz!!!” va “Insonning ichki dunyosiga nazar, baxtga eltuvchi yo'l” mavzularida institut  xotin qizlari kengashi a'zolari va Lashkarbegi MFY oila, xotin-qizlar  va ijtimoiy ma'naviy masalalari bo'yicha rais o'rinbosari Z.M. Rasuliy,  H. Olimjon MFY oila, xotin-qizlar  va ijtimoiy ma'naviy masalalari bo'yicha rais o'rinbosari M. Shirmuxamedovalar bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi. Tadbirda yig'ilgan xotin qizlar bilan hozirgi kunda uchrab turgan turli zo'ravonliklardan himoyalanish hamda uni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olish bo'yicha erkin muloqot olib borildi.

Tadbir davomida “Insonning ichki dunyosiga nazar, baxtga eltuvchi yo'l” mavzusiga oid trening o'kazildi. Treningda “Maqtanishni xohlamayman, ammo men...”, “Sizni ko'rganimdan xursandman”, “Men kimman?”, “O'z fe'l-atvoringizni rasmini chizing” , “Mo''jizakor quticha” kabi test va mashg'ulotlar o'tkazildi. Tadbir “Baxtga yo'l” rivoyati bilan o'z nihoyasiga yetkazildi.

 

TIQXMMI matbuot xizmati