TIQXMMI yangiliklari

img
03.05.2024

“O‘zdaverloyiha” davlat-ilmiy loyihalash institutida qishloq xo’jalik maqsadlariga  mo’ljallangan yerlarni ajratishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati

2024 yil 3 may kuni “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi tashabbusi bilan “Yer resurslari va kadastr” fakultetida “Qishloq xo’jalik maqsadlariga mo’ljallangan yerlarni ajratishda raqamli texnologiyalarning axamiyati“ mavzusida ko’rgazmali ma’ruza 60813100 - Yer kadastri va yerdan foydalanish bakalavriyat ta’lim yo’nalishi 3-bosqich 305 va 306-guruhlari talabalari uchun  o‘tkazildi.

Ma’ruzada “O‘zdaverloyiha” DILIning bosh mutaxassisi X.Baxromov tomonidan  2023 yilda tashkilot mutaxassislari tomonidan qishloq xo’jalik maqsadlariga mo’ljallangan yerlarni raqamli texnologiyalar asosida o‘rganish, ilmiy asoslangan tahliliy materiallar asosida ichki va tashqi bozorga oziq ovqat maxsulotlari yetishtirib berish va 2023 yilning o‘zida 241 320 nafar fuqorolarni ish bilan band qilish maqsadida bajarilgan ishlar xamda 2024 yilda eksportbop sabzavot ekinlari uchun elektron onlayn savdolarga 15 626 gektar ajratish bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar to’risida  qiziqarli ma’lumotlar berildi.

                                         “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi axboroti