“O‘zdaverloyiha” davlat-ilmiy loyihalash instituti faoliyatida ilmiy izlanishlarning roli mavzusida muammoli ma’ruza
“Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi tashabbusi bilan “Yer resurslari va kadastr” fakultetida “O‘zdaverloyiha” davlat-ilmiy loyihalash instituti faoliyatida ilmiy izlanishlarning roli mavzusida muammoli ma’ruza o‘tkazildi. Ma’ruza xamkor ishlab chiqarish tashkiloti O‘zdaverloyiha DILI ning yetakchi mutaxassislari, professor - o‘qituvchilar va 3-bosqichning 304,305 va 306-guruhlari talabalari ishtirok etishdi.
Ma’ruzada “O‘zdaverloyiha” DILIning doktorantura bo‘limi boshlig‘i, q.f.f.d.(PhD) R.N.Sharopov tomonidan 2023 yilda tashkilot mutaxassislarining Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida davlat granti asosida amalga oshirilgan “Paxta ekilgan maydonlarda amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlarni dronlar yordamida va raqamli texnologiyalar asosida o‘rganish, ilmiy asoslangan tahliliy materiallar, xulosa va tavsiyalar”ga oid juda qiziqarli ma’lumotlar berildi. O‘tkazilgan muammoli ma’ruza talabalarning mutaxassikga bo’lgan qiziqishlarini oshirdi. Shu sababli, ma’lum hududda uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida monitroing yuritish jarayonida dronlarni uchirish tartibi va shartlari, olingan ma’lumotlarni qayta ishlash usullari va tartibi bilan bog‘liq ko‘plab savollar berildi va ularga ma’ruzachi tomonidan asoslangan javoblar berildi.
Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi axboroti