O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlar konferensiyasining yalpi majlisi doirasida «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti rektori Baxodir Mirzaev ishtirok etdi
O‘zbekiston va Rossiya muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan oliygohlar konferensiyasining yalpi majlisi doirasida «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti rektori Baxodir Mirzaev ishtirok etdi. “Ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida oliy texnik ta’lim istiqbollari” mavzusidagi anjumanida Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Dmitriy Afanasev boshchiligida tashrif buyurgan 15 ga yaqin muhandislik-texnika sohalariga ixtisoslashgan nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya va O‘zbekiston tomonidan 35 ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar mas’ullari qatnashdilar.
Konferensiyada yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining barqaror rivojlanishiga erishish uchun akademik mobillik va mehnat bozorida eng ko‘p talab qilinadigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash sohasida universitetlararo loyihalarni amalga oshirishni davom ettirish lozimligi qayd etildi. Qo‘shma ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishni kengaytirish masalalariga alohida urg‘u berildi. Baxodir Mirzaev ikki davlat muhandislik-texnika sohalariga ilg‘or muhandislik maktablarini yaratish tajribasi, texnik ta’limni rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari, fan va ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlik istiqbollari bo‘yicha ma’ruza qildi.