O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga sayohat
Bugun “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich 101 - 110 -guruh talabalari bilan O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyiga sayohat uyushtirdik. Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 21 apreldagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi qayta tashkil etildi. Hozirgi kunda ushbu muzey eng yirik ilmiy – ma’rifiy markazlardan hisoblanib , uning jamg‘armasida 250 mingga yaqin eksponat mavjud. Ular orasida numizmatika, arxeologiya, tangashunoslik va etnografiyaga oid ko‘plab qimmatli jamlanmalar bor.
O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyining yangi ekspozitsiyasi O‘zbekiston hududida tarixiy-madaniy jarayonlarning eng qadimgi davrlaridan boshlab hozirga qadar bo‘lgan taraqqiyotini ashyoviy dalillar va tasviriy vositalar orqali namoyish etishga qaratilgan. Talaba – yoshlar ushbu sayohatdan qiziqarli ma’lumotlar va katta taassurotlar bilan qaytishdi.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati