O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy texnologiyalar rivoji
2023-yilning 7-oktabrida “TIQXMMI” MTUning “Iqtisodiyot” fakultetini B-109 auditoriyasida ATB Turonbankning “Bank va Fintex” mavzusida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Iqtisodiyot va Buxgalteriya hisobi va audit kafedralari professor-o‘qituvchilari, fakultet talabalari ishtirok etishdi.
ATB Turonbank Chilonzor filiali rahbari Maxmudov Raximjon Xamid o‘g‘li “Bank va Fintex” mavzusida ma’ruza qildi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida moliyaviy texnologiyalarning rivojlanish holati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Moliyaviy texnologiyalarning ishlash tamoyillari, mavjud kamchiliklar va yutuqlar ochib berildi.
Professor-o‘qituvchilar, talabalar tomonidan ko‘plab savollar berildi va ular asosli javoblar olishdi.
Ushbu seminarda bildirilgan fikrlar universitetning iqtisodiyotning real sektor subyektlari bilan integratsiyasini kuchaytirish, o‘zaro aloqalarni kengaytirish ta’lim tizimida sifatni oshirishda ijobiy rol o‘ynaydigan omil ekanligini ko‘rsatdi.
“Iqtisodiyot” fakulteti dekani R.Xakimov axboroti
Universitet matbuot xizmati