E'lonlar

08.01.2024

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan bitiruvchi kurslarida ta’lim olayotgan qobiliyatli yoshlarni saralab olish, ularning stajirovkasini tashkil etish va keyinchalik zaxiraga kiritish maqsadida tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etadigan talabgorlarga qo‘yiladigan talablar va tanlovni o‘tkazish bosqichlari

Talabgorlardan quyidagilar talab etiladi:

60812500–“Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanishdan foydalanish”;

60812300 – “Suv xo‘jaligi va melioratsiya”;

60812400 – “Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish”;

60813000–“Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining bitiruvchi kurs talabasi bo‘lishi;

Ms Word, Excel, Access va boshqa kompyuter dasturlari bo‘yicha mukammal bilim va uni qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;

o‘zbek (kirill va lotin) va rus tillarida matn tuzishni yaxshi bilishi, buyruq, farmoyish va boshqa talab etiladigan hujjatlarni shakllantirish bo‘yicha yetarli malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi (ingliz tilini Pre-Intermediate darajasida bilishi, lug‘at bilan ishlay olishiga ustuvorlik beriladi).

Tanlovni o‘tkazish bosqichlari:

1-bosqich: nomzodlarning bilim darajasini aniqlash uchun test sinovidan o‘tkaziladi;

2-bosqich: test bosqichidan muvaffaqiyatli (71 foizdan yuqori) o‘tgan talabalar vazirlikda tashkil etilgan maxsus komissiya tomonidan suhbatdan o‘tkaziladi.

3-bosqich: suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar stajirovkaga jalb etiladi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 2024-yilning 12-yanvar kuniga qadar o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (pasport nusxasi, ta’lim muassasasida o‘qiyotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, ta’lim muassasasining tavsiya xati, reyting daftarchasi nusxasi, obyektivka) vazirlikka (Toshkent sh., M.Ulug‘bek t., Qorasuv-4 mavzesi, 11-uy) topshirishlari hamda telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali Suv xo‘jaligi – tanlov guruhiga (https://t.me/+ZIPUUwcReahmZTli) elektron shaklda yuborishlari lozim.