Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi amaliyot jarayonida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida bevosita xotin-qizlar masalalariga oid olib borilayotgan ishlar, shu bilan birga endilikda ular bilan ishlashga xos vazifalar ham belgilanib olindi.
Ayniqsa, mamlakatimizda boʻlgʻusi onalar, kelajak tarbiyachilari boʻlmish qizlarimiz kamolotiga, ularning oliy ta'lim olishi, zamonaviy kasb-hunar va texnologiyalar, xorijiy tillarni egallashiga katta ahamiyat berilmoqda degan fikrlari menda katta tassurot qoldirdi. Negaki bugungi qizlarimiz-ertangi kun boʻlgʻusi onalar sifatida ularni himoya qilib borish masalasi, ularni kelajakda oila qurishi va oilada iqtisodiy masalalarda, nafaqat iqtisodiy masalada balki, oilada farzand tarbiyasi uchun ham bugungi kunda qizlarimizni oliy ta'lim muassasalarida oʻqishi, ilm olishi va mutaxassislikka ega boʻlishdek baxtiga sazovar boʻlish masalasini ilgari surishlari bugungi kundagi talaba-qizlarimiz uchun yaratilgan shart –sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish masalasida toʻhtalganlaridan dalolatdir.
Toʻgʻri, haqiqatdan ham oilada ayol kishini bilimli boʻlishi har tomonlama oilani mustahkamlashga, oila tinchligi va totuvligi, farzand tarbiyasi va oiladagi har qanday masalalarda turmush oʻrtogʻi bilan birga harakat qilishini ta'minlashga qaratilganligi bilan ahamiyatli ekanligi masalasi etibti. Bu masalalarda prezidentimiz haqiqiy amaliyotchi sifatida bu narsalarni uzoqni koʻra olishdek e'tiborliliklari taqsinga loyiqdir.
Prezidentimiz ikkinchi yana muhim masalaga e'tibor qaratilganliklarini ham aytish mumkin. Bu masala talaba-qizlarimizni xorijiy tillarini bilish lozimligi. Toʻgʻri xorijiy tillarni bilish bu ayniqsa qizlar masalasida juda muhim deb aytib oʻtdilar. Oilada ayollarni bilimli, ilmli, oʻz mavqeini oshirish borasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, aynan bu masalalarda xorijiy tajribalarni oʻrganish va ularni ahamiyatli jihatlaridan kerakli masalalarda foydalana olish va qiyosiy tahlil qilish borasida xorijiy tilga e'tibor qaratish lozimligiga urgʻu berib oʻtdilar. Bu masalalarda oliy ta'lim tizimida juda katta imkoniyatlar yaratilgan ayniqsa xorijiy tillarni oʻrganish masalasida.
Prezidentimizning uchinchi yana muhim bir masalada toʻhtalib oʻtganliklarini alohida aytib oʻtmoqchiman. Bu keyingi paytda yurtimizda ilm-fan va ta'lim, xususan, oliy ta'lim sohasi isloh etilib, jahon standartlariga moslashtirilayotgani sababli xotin-qizlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda ham katta natijalarga erishmoqdalar. Buning amaliy ifodasini soʻnggi etti yilda 5 ming 247 nafar ayollarimiz fan doktori (DSc) va oʻz sohalari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgani misolida koʻrish mumkin deb qayd etib ketdilar. Bu masalada aynan Toshkent irrigasiya va qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalash muxandislari instituti-milliy tadqiqot universiteti misolida bu masalalarda olib borilayotgan ishlar haqida toʻxtalib oʻtmoqchiman.
Chunki hurmatli prezidentimiz .bu masalani bekorga ilgari surmayotganliklarini yaqqol koʻrish mumkin. Ya'ni birgina universitetda , ayniqsa texnika sohasida ham bu masalalarda ayollar ulushining borligi ham ularni bu masaladagi fikrlariga labbay deb javob berishimizga asos boʻla oladi. Birgina 2023 yilning oʻzida 173 nafar ayol professor oʻqituvchilar faoliyat olib boradilar, shulardan 14 nafari fan doktori professor, 45 nafari fan nomzodi, dosentlarni tashkil etgan boʻlib, bu yilni oʻzida 14 nafar ayol professor-oʻqituvchilar ilmiy ishlarini himoya qildilar. Hozirda 62 nafar doktoranturaga qabul qilingan boʻlib, 32 nafarini ayollar tashkil etadi. Bu masalalarda ham prezidentimiz tomonidan magistraturada taxsil olayotgan magitrlarga berilgan imkoniyatlar va ularning natijasi, shu bilan birga doktaranturaga berilgan kvotalar ayollarni ilmiy sohaga qiziqishlarini orttirdi va imkoniyatlardan toʻlaqonli foyldalanishlari uchun sharoitlar yaratildi.
Hurmatli prezidentimiz Sh.Mirziyoening nutqlaridagi xotin-qizlar masalalardagi olib borilayotgan ishlar natijadorligi va kelgusidagi olib borilishi lozim boʻlgan vazifalarni oʻz oʻrnida ta'lim muassasalardagi oʻz ish rejalarimizga kiritishimiz va ularni amalda bajarishimiz lozim boʻlgan masalalar deb qabul qildik.
Bularning barchasi bugungi kun talaba-qizlarga va ayol professor-oʻqituvchilarga berilgan va berilayotgan imkoniyatlar eshigini ochiqligi va davlat siyosati darajasida olib borilayotgan islohatlar natijasi deb bilamiz va bundan juda minnatdorligimizni ishor qilib qolamiz.
"TIQXMMI"MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat Kengashi raisi –Ismailova Zuxra Karabaevna ma'lumoti