TIQXMMI yangiliklari

img
20.04.2022

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Abdulla Oripov kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida joriy yilning 19-aprel sanasida Oʻzbekiston qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning "Abdulla Oripov zamondoshlar xotirasida" xotira kitobi, "Shoirning tugʻilishi" she'riy toʻplami, "E'tirof" bagʻishlovlar hamda rus tilidagi " Veter moego kraya" kitoblari taqdimoti Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid boshchiligida bir guruh jamoa a'zolari hamda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti prorektori Roʻzimurod Choriyev, Kafedra professor- oʻqituvchilari, universitet yoshlar yetakchisi, fakultet yetakchilari, ijodkor va faol yoshlari, Abdulla Oripov stipendiantlari, shoirning oila a'zolari hamda shogirdlari qatnashdilar. Tadbir so‘ngida yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid universitetimizdagi shoirga e'tiborni amaliy natijasi sifatida muzeyi, bog‘i va videofilm haqida to‘xtalib keng omma oldida tashrif buyurishlarini ta'kidladi.

Universitet Yoshlar yetakchisi Davronbek Rasulov

Universitet matbuot xizmati