TIQXMMI yangiliklari

img
19.04.2022

O'zbekiston delegatsiyasi qishloq va suv xo'jaligi sohasida ilg'or Isroil tajribasi bilan tanishdi

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiya instituti direktori Zarip Muqimov boshchiligidagi delegatsiya 7-14 aprel kunlari qishloq va suv xo'jaligi sohasida ilg'or xalqaro tajribani o'rganish uchun Isroilga tashrif buyurdi.

Ta'lim-ishlab chiqarish dasturi doirasida Isroilning qishloq va suv xo'jaligi sohasidagi yetakchi kompaniyalari negizida tomchilatib, yomg'ir sug'orishning eng yangi texnologiyalari, fertigatsiya texnologiyalari, jumladan, ularning O'zbekistondagi faoliyati tajribasi taqdimotlari tashkil etildi.

Mutaxassislar suv muhandisligi va chorvachilik sohalarida o'quv muassasalarini tashkil etish amaliyoti va tizimini o'rganishdi, xususan, Quddusdagi Yahudiy universitetining qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat va atrof-muhit fakulteti professor-o'qituvchilari va "Tehnion" universitetining fuqarolik muhandislik va atrof-muhit fakulteti hamda Kinneret akademik kollejini va Kinneret innovatsiya markazing suv muhandisligi kafedrasi rahbariyati bilan uchrashuvlar o'tkazildi va . Ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, jumladan, qo'shma treninglar o'tkazish, o'zbek talabalarini magistrlik dasturlarida o'qitish, Isroil mutaxassislarini O'zbekistonda o'qitish faoliyatiga jalb etish masalalari muhokama qilindi. Isroil tashqi ishlar vazirligi huzuridagi xalqaro hamkorlik agentligi "MASHAV" xalqaro o'quv qishloq xo'jaligi markazida ma'ruzalar bo'lib o'tdi.

Delegatsiya a'zolari chorvachilik fermalariga tashrif buyurishdi, sut fermalari faoliyati bilan chorva mollarini saqlash va ularga xizmat ko'rsatishning zamonaviy texnologiyalaridan, shu jumladan zooveterinar xizmat ko'rsatish va ozuqa tayyorlash bilan tanishdilar.

Tel-Aviv, 18 aprel. / AA "Dunyo"/.