TIQXMMI yangiliklari

img
24.06.2022

O’zbekiston delegasiyasi ilk marotaba “IREG – 2022” xalqaro konferensiyasida

Ilmning qamrovi keng bo’lishi ibratli. Demak,  ilmning mohiyatini anglagan olimning ham, muallimning ham qanoti muhim. Bu esa xalqaro va mamlakatlararo hamkorlikka borib bog’lanadi. Buning mohiyatida taraqqiyot mezonlari turadi.

Joriy yil 23-24 iyun kunlari Polsha poytaxti Varshava shahrida “IREG – Akademik reytinglar” nufuzli xalqaro konferensiyasi tashkil etildi.

Unda AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Kanada, Germaniya va Ispaniyaning ilg’or xorijiy o’quv dargohlari va xalqaro tashkilotlar vakillari hamda yetakchi ekspertlar ishtirok etmoqda.

Tadbirda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o’rinbosari K.Karimov boshchiligidagi 6 ta OTM rahbarlaridan iborat O’zbekiston delegasiyasi ilk marotaba qatnashayotgani quvonarlidir. 

20 yillik yubiley tadbiri hisoblangan konferensiya doirasida akademik reytinglar, ta’lim sohasidagi yangi tendensiyalar va yutuqlar, global, hududiy va milliy reytinglar o’rtasidagi sog’lom muvozanatni ta’minlash masalalari yuzasidan muhokamalar olib borilishi ko’zda tutilgan.

Universitet matbuot xizmati