“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining stipendiyasi topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017 yil 18 maydagi PF-5044-sonli “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni va “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2972-sonli qarorida gidroenergetika sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, respublikamiz energetika tizimida gidroenergetikaning ulushini ko‘paytirish, shuningdek, jamiyat tizimi uchun oliy malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha muhim vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan.
“O‘zbekgidroenergo” AJ va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” MTU (“TIQXMMI” MTU) o‘rtasida 2018 yil 28 avgustda ikki tomonlama imzolangan shartnoma hamda Aksiyadorlik Jamiyati Boshqaruvi raisining birinchi o‘ribosari B.Amirsaidov tomonidan o‘tkazilgan 2023 yil 03-noyabrdagi 01-sonli yig‘ilish bayonnomasi qaroriga asosan:
1. KARIMOVA Dilorom Azim qizi–207-guruh, “Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obyektlari”, 2-bosqich talabasi (bakalavriat);
2. AXMETOVA Aqdidar Kuralbay qizi–405-guruh, “Gidrotexnika qurilishi”, 4-bosqich talabasi (bakalavriat);
3. OMONJO‘LOV Shirinboy Abdunabi o‘g‘li–209-guruh, “Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obektlari”, 3-bosqich talabasi (bakalavriat).
Taqdirlash tadbirida so‘zga chiqqan stipendiat talabalar tomonidan “O‘zbekgidroenergo” AJ rahbariyatiga samimiy minnatdorchilik bildirildi. Sovrindorlar kelgusida bildirilgan yuksak ishonchni oqlashga, malakali va kuchli bilimga ega mutaxassis bo‘lib yetishishga, jonajon O‘zbekistonimizga munosib kadrlar sifatida xizmat qilishga va’da berishdi.
“O‘zbekgidroenergo”AJ stipendiyasi uchun o‘tkazilgan tanlovda qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 3 nafar iqtidorli talabalarga nomli stipendiya sertifikatlari 2023 yil 21 dekabr kuni “O‘zbekgidroenergo”AJ Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Inoyat Sohibovich Sunnatov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda, “Gidrotexnika qurilishi” fakultetining professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.
“O‘zbekgidroenergo”AJ stipendiyasi sohiblarini professor B.B.Hasanov va professor – o‘qituvchilar jamoasi tabriklashdi.