TIQXMMI yangiliklari

img
27.12.2021

“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining stipendiyasi sertifikatlari o‘z egasini topdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017 - yil 18 - maydagi PF-5044-sonli “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni va “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2972-sonli qarorida gidroenergetika sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, respublikamiz energetika tizimida gidroenergetikaning ulushini ko‘paytirish, shuningdek, jamiyat tizimi uchun oliy malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha muhim vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan. “O‘zbekgidroenergo” AJ va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” (TIQXMMI) o‘rtasida 2018 - yil 28 - avgustda ikki tomonlama imzolangan shartnoma hamda Aksiyadorlik Jamiyati Boshqaruvi raisining  2021- yil 10 - noyabrdagi 155-sonli buyrug‘iga asosan“Gidrotexnika qurilishi” (suv xo‘jaligida) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabasi B.S.Berdievga O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning bazaviy miqdori (MHTBM)ning 4 barobari, “Gidrotexnika qurilishi” (suv xo‘jaligida) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-kurs talabalari M.A.Nuralievaga va O.F.Olimovaga (MHTBM)ning 3 barabari, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi H.G‘.Sirojova (MHTBM)ning 3 barabari, va 4-kurs talabasi B.O.Komiljonovga (MHTBM)ning 5 barabari miqdoridagi nomli stependiyani 2021 - yil noyabrdan 2022 - yil iyun oyigacha to‘lash belgilandi.

“O‘zbekgidroenergo”AJ stipendiyasi uchun o‘tkazilgan tanlovda qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 5 nafar iqtidorli talabalarga nomli stipendiya sertifikatlari 2021 - yil 22 - dekabr kuni “O‘zbekgidroenergo”AJ Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Inoyat Sohibovich Sunnatov tomonidan tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda, “Gidrotexnika qurilishi” va Qishloq va suv  xo‘jaligi energiya ta’minoti” fakultetlarining professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.  “O‘zbekgidroenergo”AJ stipendiyasi sohiblarini professor B.B.Hasanov va talabalarning ota-onalari tabriklashdi. O‘z navbatida nomli stipendiyaga sazovor bo‘lgan iqtidorli talabalar “O‘zbekgidroenergo”AJ va TIQXMMI MTU rahbariyatiga samimiy minnatdorchilik bildirishdi.

 

“GTQ” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.I.Azimov axboroti

"TIQXMMI"  MTU matbuot xizmati