O’zbek xalqining asrlar davomida shakllangan bebaho milliy qadriyatlari.
Joriy yilning 24-aprel sansida "Energetika" fakulteti tyutori B.Abdullayev boshchiligida 1-kurs talabalar ishtirokida O’zbek xalqining asrlar davomida shakllangan bebaho milliy qadriyatlari mavzusida davra suxbati bo'lib o'tdi. Bugungi kundagi turli zararli ta’sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga azaldan xos bo’lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi bo’lib qolishimizda qadimiy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash o’ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Yer yuzidagi har bir millat faqat uning o’ziga xos bo’lgan an’ana va qadriyatlari bilan alohida ajralib turadi, tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi bo’lgan bunday qadriyat va an’analar bir-ikki kunda paydo bo’lib qolmagan. Insoniyatning necha ming yillik tarixiy tajribasi shuni ko’rsatadiki, biror-bir narsaning an’anaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi uzoq davrni talab qiladi. Yillar, asrlar davomida muayyan qarash, odat, tushuncha, tajribalar zamonlar, avlodlar sinovidan o’tadi, sayqal topib boradi. Agar ular keyingi avlodlar tomonidan ham qabul qilinsa, davom ettirilib, urf-odatga aylansa, demakki, endi ularni milliy an’ana va qadriyat deb atash mumkin bo’ladi.
O’zbek xalqining asrlardan asrlarga o’tib kelayotgan milliy qadriyatlari ham uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Jumladan, o’zi tug’ilib o’sgan ona yurtiga ehtirom, o’z taqdirini mana shu yurtsiz tasavvur qila olmaslik, o’tgan ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat ko’rsatish, har qanday sharoitda ham hayo va andishani saqlash, turmushda poklikka alohida e’tibor berish singari ko’plab fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil etadi.
“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti
Universitet matbuot xizmati