TIQXMMI yangiliklari

img
20.02.2023

O’zbek Delegatsiyasining Germaniyaning xalqaro granti doirasida o’quv-seminarga tashrifi

Ma’lumki, universitetimizda Germaniyaning (IKI) International Climate Initiative tomonidan Medium Grants dasturining “Qurilish sohasida energiya samaradorligi” yoʼnalishida eʼlon qilingan tanlovda yetakchi taʼlim muassasasi sifatida qoʼlga kiritilgan Ebersvalde Barqaror Rivojlantirish Universiteti bilan hamkorlikdagi IMG2020_l_001_UZB_Energy efficiency in the building sektor VEGERA “The improvement of energy efficiency in the building sector through the use of renewable raw materials from agroforestry systems” (Agroo‘rmonchilik tizimlarining qayta tiklanadigan xom ashyolaridan foydalanish orqali qurilish sohasida energiya samaradorligini oshirish ) halqaro loyihasi 01.08.2021dan o’z faoliyatini boshlagan edi.

     Umumiy qiymati 620.000 EUR tashkil qilgan ushbu grant ( 2021-2024 y.) bo'yicha asosiy tashkilot sifatida Germaniyaning Ebersvalde Barqaror rivojlantirish universiteti (HNEE), Butunjahon agro o‘rmon xo‘jaligi markazi (ICRAF- lnternational Centre for Research in Agroforestry ) va "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti xamkorlik qilmoqda. Shuningdek, Berlin Texnika universiteti, Germaniya Arxitektura instituti- Tabiiy qurilish laboratoriyasi, Xalqaro qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari bo‘yicha maslahat guruhi (CGIAR-), Iqtisodiy hamkorlik va  taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) kabi bir qator halqaro tashkilotlar ham loyixaga o’zlarining ilg’or tajribalari bilan faol qatnashib kelishmoqda.Eslatib o’tamiz, VEGERA loyixasining O’zbekistondagi koordinatori, universitetimiz  rektori, t.f.n, professor B.S.Mirzayev xisoblanib, loyixa doirasidagi vazifalar jamoa bilan bosqichma-bosqich shaklda samarali olib borilmoqda.

     2023-yilning 13-21 fevral sanalarida  VEGERA loyixasi doirasida Germaniyaga  “Toshkent irrigatsiya  va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universiteti, Toshkent arxitektura va  qurilish instituti va “E’tiqod” mebel korxonasi raxbaridan tashkil topgan yetti kishidan iborat    Germaniyaning bir qator Oliy ta’lim muassasasalariga va ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurishdi.

      Universitetimiz raxbari ishtirokidagi delegatsiya a’zolari (Eberswalde University for Sustainable Development, HNEE)  Ebersvalde Barqaror Rivojlanish Universiteti (HNEE),Amaliy fanlar universiteti, O'rmon va atrof-muhit fakulteti,(Centre for Econics and Ecosystem Management), Xalqaro magistratura dasturi rahbari, (Global Change Management), “Ijtimoiy-iqtisodiyot va kommunikatsiyalar” kafedrasi, Markaziy Osiyodagi ijtimoiy va ekologik o'zgarishlar boyicha ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan yetuk mutaxassis, Xalqaro grant va loyihalar bo‘yicha ekspert, VEGERA xalqaro granti koordinatori   Professor  Martin Welp raxbarligida o’quv-seminarda ishtirok etishdi. Rektorimiz va jamoa vakillarining loyiha dorasida taqdimotlari tinglandi, qiziqarli baxs-munozaralar tashkil qilindi.

     Ushbu uchrashuvdan ko’zlangan maqsad loyiha doirasida universiterimizda Germaniyalik arxitektorlar tomonidan ikki-qavatli Demo house (Demonstration House) laboratoriyasi qurilishi rejalashtirilgan bo’lib, xorijlik hamkorimizga universitet xududidan qurilish uchun ajratilgan yer maydonlar bo’yicha mos hududlar ham muhokama qilindi. Shunigdek, O’zbek delegatsiya a’zolariga Wood engineering yo’nalishi raxbarlarlari univeritetga mavjud laboratoriyalarga kichik ekskursiyalar tashkil qilindi.

    Shuningdek, tadbir davomida laboratoriyaning dastlabki loyihalari jamoa tomonidan tagdim qilindi va xamkorimizga har tomonlama ma’qul keldi. Berlin Texnika Universiteti mutaxassislari ham laboratoriya qurilishiga jalb qilingan

     Uchrashuv davomida Ebersvalde Barqaror Rivojlantirish Universiteti va “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti o’rtasida ta’lim va ilmiy tadqiqot masalalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish, loyixa doirasida faoliytlarni amalga oshirish bo’yicha ham yaqindan muzokaralar olib borishdi.

   Umid qilamizki, mazkur xalqaro loyiha doirasida "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy Tadqiqot Universitetida grant  mavzusi bo‘yicha Germaniyalik olimlar bilan tajriba almashinib, shu sohada universitetimiz ravnaqi yo‘lida professor va o‘qituvchilar, qolaversa, o‘sib kelayotgan yosh avlodga sifatli ta’lim berishdek vazifalarni yanada mukammallashtirishga erishiladi.

 

 “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti

 Matbuot xizmati