Oʼz soʼzini ayta olmaslik ayb
Barcha mavjudotlar ichida odamzotga til va aql neʼmati berilgan. Uning shundan qanday foydalana olishi muhim muammo. Toʼgʼri, kimdir topib gapiradi, kimdir qopib, kimdir esa aybini yopib soʼzlaydi. Xalqimizda “Soʼzdan soʼzning farqi bor, oʼttiz ikki narxi bor” degan naql bejiz aytilmagan. Bu maqol soʼzlovchiga ham tegishli. Demak, gapirish ham sanʼat, hamma ham notiq boʼlavermasligi aniq. Lekin aqalli nutq madaniyatini bilaylik. Ogʼzaki va yozma nutqda fikrimizni ifodalashga erishaylik.
Xuddi shu maqsad bilan rektorimiz, professor B. S. Mirzayevning tashabbusiga muvofiq universitetimizning birinchi kurs talabalariga oflayn va onlayn tarzda oʼquv mashgʼulotlari boshlab yuborildi. (Barcha qiziquvchilarni taklif etamiz, dars jadvali quyida eʼlon qilinadi.)
Joriy yilning 1 - aprel kuni V korpus 8-maʼruzalar zalida QSXET, QXM, YeRB, GIM, SXTEB, GM, GTQ fakultetlari talaba yoshlariga nutq madaniyati va notiqlik mahorati yuzasidan navbatdagi nazariy va amaliy mashgʼulot oʼtkazildi.
Tadbirda GM fakultetining sobiq talabasi, bugungi kunda “BRAVO” jamoasining boshlovchisi Abdufattoh Abdualimov nutqning har qanday sohada, jarayonda roli katta bo’lishini e’tirof etdi. Hozirgi faoliyatida buni yaqqol sezayotganini afsus bilan ta’kidladi. Shuningdek, GM fakulteti dekan o’rinbosari Abduvahob Karimov va Bobur Nasibovlar ham so’z va nutqning muhimligi haqida fikr bildirishdi.
Unda talabalar xotira mashqi va nutqni oʼstirish bilan bogʼliq bir necha trening oʼyinlarda ishtirok etib oʼzlarini sinab koʼrishdi.
Navbatdagi mashgʼulot bugun soat 20.30.da ZOOM dasturi orqali onlayn tarzda boʼlib oʼtadi.
Universitet matbuot xizmati
Universitetning birinchi bosqich talabalari uchun
2022 yilning aprel oyi bo’yicha dars mashg’ulotlari jadvali
№ | Fakultetlar | O’tkaziladigan joyi | Hafta kunlari, sanasi va soati | |
Nazariy ma’lumot (Oflayn tarzda) | Amaliy mashg’ulot (Onlayn tarzda) | |||
1. |
Barcha fakultetlar | “TIQXMMI” MTU Madaniyat saroyi yoki 7-8 – ma’ruzalar zali | Juma 01.04.22 Soat 13.30 (Oflayn) | Dushanba 04.04.22. Soat 20.30 (Onlayn) |
2. |
Barcha fakultetlar | “TIQXMMI” MTU Madaniyat saroyi yoki 7-8 – ma’ruzalar zali | Seshanba 05.04.22 Soat 13.30 (Oflayn)
| Payshanba 07.04.22. Soat 20.30 (Onlayn) |
3. |
Barcha fakultetlar | “TIQXMMI” MTU Madaniyat saroyi yoki 7-8 – ma’ruzalar zali | Juma 08.04.22 Soat 13.30 (Oflayn) | Dushanba 11.04.22. Soat 20.30 (Onlayn) |
4. |
Barcha fakultetlar | “TIQXMMI” MTU Madaniyat saroyi yoki 7-8 – ma’ruzalar zali | Seshanba 12.04.22 Soat 13.30 (Oflayn)
| Payshanba 14.04.22. Soat 20.30 (Onlayn) |
5. |
Barcha fakultetlar | “TIQXMMI” MTU Madaniyat saroyi yoki 7-8 – ma’ruzalar zali | Juma 15.04.22 Soat 13.30 (Oflayn) | Dushanba 18.04.22. Soat 20.30 (Onlayn) |
6. |
Barcha fakultetlar | “TIQXMMI” MTU Madaniyat saroyi yoki 7-8 – ma’ruzalar zali | Seshanba 19.04.22 Soat 13.30 (Oflayn)
| Payshanba 21.04.22. Soat 20.30 (Onlayn) |
7. |
Barcha fakultetlar | “TIQXMMI” MTU Madaniyat saroyi yoki 7-8 – ma’ruzalar zali | Juma 22.04.22. Soat 13.30 (Oflayn) | Dushanba 25.04.22. Soat 20.30 (Onlayn) |
8. |
Barcha fakultetlar | “TIQXMMI” MTU Madaniyat saroyi yoki 7-8 – ma’ruzalar zali | Seshanba 26.04.22 Soat 13.30 (Oflayn)
| Payshanba 28.04.22. Soat 20.30 (Onlayn) |