TIQXMMI yangiliklari

img
31.01.2024

O‘tgan kunlarning bugungi kundagi talqini

Moziyni bugungi kun ko‘zi bilan ko‘rish va o‘tmish haqida xulosalar chiqarish e’tiborga molik. Teatr sahnasi har turli zamon va makonlarni ko‘z o‘ngingizda jonlantiradi. Lekin uning asosida inson taqdiri turadi.  Abdulla Qodiriy moziyga qarab ish tutishni xayrlik deb bilgan bo‘lsa, bizning universitetimiz rektorati a’zolari ham har oyning oxirida teatr sari yuz tutishni ixtiyor aylaganlar. Buni esa davlat rahbarining o‘tgan yili 22 dekabr kuni  Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi nutqida qayd etgan har oyning bir kunini teatr kuni deb e’lon qilish va jamoaning birgalikdagi tashrifi borasidagi mulohazalarining ijrosi o‘rnida anglash o‘rinlidir.

Rektorat a’zolari ahillikda O‘zbek davlat Milliy akademik drama teatri sahnasida Abdulla Qodiriyning "O‘tgan kunlar" romani asosida ishlangan spektaklni tomosha qilishdi.Moziyning ayanchli muhri bo‘lgan o‘tmish voqealarini Otabek va Kumushbibi taqdirida ko‘rish, ota-onaning orzu havasi va kundoshlik balosi sabab asar qahramonlarining ruhiy kechinmalari his etishimiz tabiiy.

Rektorat jamoasi spektakldan olam-olam taassurotlar bilan mamnun holda qaytishdi.

     Universitet matbuot xizmati