TIQXMMI yangiliklari

img
23.12.2021

Ota-onalarga Tashakkurnoma

"Yer resurslarni boshqarish" fakulteti dekani Sh. Narbayev va "Geodeziya va geoinformatika" kadedrasi dotsenti O'.Islomovlar tomonidan 2 kurs 203 - guruh talabalarini 2021-2021 o'quv yilining birinchi kuzgi davrasini a'lo baholarga yopganligi uchun bir guruh talabalar ota-onasiga shunday farzandlarni kelajakda vataniga va oilasiga oliy janob insonlarni tarbiyalashda o'z mehnatini ayamay xizmat qilgan, ota-onalarga universitetimiz rahbaryati nomidan Tashakkurnomalar topshirildi va bayram tabriklari yuborildi. Talabalar tomonidan rahbariyat jamoasiga tashakkur aytildi. Dildan kechgan ushbu bitiklar bejiz emas.

Baхtiyorman, ko'zlarimga dunyo kengdir,

Duo bilan har kishining ishi o'ngdir,

So'zlaringiz oltin misoli tengdir,

Mening uchun qiblagohim, otajonim,

Duogo'yim, nur panohim, onajonim.

 

               TIQXMMI  Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati