TIQXMMI yangiliklari

img
25.04.2023

Otа- onаlаr yigʼilishi

Joriy yilning 18 aprel kuni “Yer resurslari va kadastr” fakultetida ota-onalar va taʼlim muassasasi hamkorligini yanada rivojlantirish, talabalar maʼnaviy dunyoqarashini kengaytirish, taʼlim tizimida amalga oshirilgan islohotlar toʼgʼrisida ota-onalarga maʼlumot berish maqsadida yigʼilish boʼlib oʼtdi. Yig‘ilicshda asosan oʼquv yili mobaynida muntazam dars qoldirgan, fandan qarzi bor hamda unversitetning ichki odob axloq qoidasiga rioya qilmasdan darsga keladigan talaba-yoshlarni ota-onalari chaqirtirildi. Yigʼilishni fakultet dekani Sh.Narbaev, Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova hamda xotin-qizlar masalalari boʼyicha dekan maslahatchisi Z.Hafizovalar olib borishdi. Eng avvalo ona-onalar farzandlari oʼqiyotgan fakultetni shart-sharoyitlar bilan tanishishdi. Fakultet dekani barcha ota-onalarimizni qiziqtirgan savollariga javob berdi va ularga fakultet dekan muovinlari kafedra mudirlari, guruh murabbiylari va tyutorlarni tanishtirdi.

Tashkil etilgan ota-onalar yigʼilishida farzandlari tahsil olayotgan taʼlim muassasasida yaratilgan sharoitlar, oʼquv jarayonida amalga oshirilgan islohotlar, moddiy texnika bazasi va mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar toʼgʼrisida atroflicha maʼlumot olish imkonini berdi. Bu yigʼilishdan maqsad ota-onalar bilan doimiy ravishda hamkorlikda ishlash, bu borada farzandlari taʼlim olayotgan fakultet bilan doimiy aloqada boʼlib turishlari kerakligi toʼgʼrsida ham fikrlar berib oʼtildi.  Yig`ilishda fakultet dekani  ota-onalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi va ota-onalarning farzandlarini oʼqish jarayonidagi masʼuliyatini oshirish, unversitetda amalga oshirilayotgan oʼzgarishlarga befarq boʼlmasligida ota-onalar va fakultet hamkorligini yanada rivojlantirish toʼgʼrisidagi takliflari berib o`tildi.

YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan movini Hurriyat Eshova axboroti

Universiteti matbuot xizmati