TIQXMMI yangiliklari

img
06.05.2024

Ota-onalar va fakultet hamkorligi

Oila va farzand jamiyatning uzviy asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham Islom shariati ularning har tomonlama yetuk va barkamol tarbiya topishlari, yoshlikdan ilmu fan, kasbu hunar malakalarini egallashlari borasidagi tegishli koʼrsatmalarni ota-onalar, murabbiylar va ustozlarga tavsiya qiladi. Yoshlar oltindan ham qimmatli vaqtlaridan har tomonlama unumli foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.

Kuni kecha “Yer resurslari va kadastr” fakultetida ota-onalar va taʼlim muassasasi hamkorligini yanada rivojlantirish, talabalar maʼnaviy dunyoqarashini kengaytirish, taʼlim tizimida amalga oshirilgan islohotlar toʼgʼrisida ota-onalarga maʼlumot berish maqsadida otkazilgan yigʼilishda ham aynan shu masala boʼyicha so'z bordi. Unda асосан oʼquv yili mobaynida muntazam dars qoldirgan, fandan qarzi bor hamda unversitetning ichki odob-axloq qoidasiga rioya qilmasdan darsga keladigan talaba-yoshlarni ota-onalari hamda iqtidorli, bilimli a'lo baholarga o'qiyotgan talabalarni ota-onalari chaqirtirildi. Yigʼilishni fakultet dekani A.Inamov,  Yoshlar masalalari ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor R.Choriyev,  dekan muovinlari, kafedra mudirlari, xotin-qizlar masalalari boʼyicha dekan maslahatchisi va tyutorlar olib borishdi. Eng avvalo, ona-onalar farzandlari oʼqiyotgan fakultetni shart-sharoyitlar bilan tanishishdi.

Fakultet dekani barcha ota-onalarimizni qiziqtirgan savollariga javob berdi va ularga fakultet dekan muovinlari kafedra mudirlari, guruh murabbiylar va tyutorlarni tanishtirdi. Tashkil etilgan ota-onalar yigʼilishida farzandlari tahsil olayotgan taʼlim muassasasida yaratilgan sharoitlar, oʼquv jarayonida amalga oshirilgan islohotlar, moddiy texnika bazasi va mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar toʼgʼrisida atroflicha maʼlumot olish imkonini berdi. Bu yigʼilishdan maqsad ota-onalar bilan doimiy ravishda hamkorlikda ishlash, bu borada farzandlari taʼlim olayotgan fakultet bilan doimiy alaqada boʼlib turishlari kerakligi toʼgʼrisida ham fikrlar berib oʼtildi.  Yigilishda ota-onalar farzandlarini oʼqish jarayonidagi masʼuliyatini oshirish, unversitetda amalga oshirilayotgan oʼzgarishlarga befarq boʼlmasligida ota-onalar va fakultet hamkorligini yanada rivojlantirish toʼgʼrisidagi takliflari berib otild.

YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Unversitet  matbuot xizmati