Оta-onalar va fakultet hamkorligi
Oila va farzand jamiyatning uzviy asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham Islom shariati ularning har tomonlama yetuk va barkamol tarbiya topishlari, yoshlikdan ilmu fan, kasbu hunar malakalarini egallashlari borasidagi tegishli koʼrsatmalarni ota-onalar, murabbiylar va ustozlarga tavsiya qiladi. Yosh avlod, xususan, farzandlarimizning qiziqishlari, aqlu zakovatlari, iqtidorlariga muvofiq ilm, kasb va hunar tanlashlarida imkon boricha yordam berishimiz zarur. Yoshlar oltindan ham qimmatli vaqtlaridan har tomonlama unumli foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
Kuni kecha “Yer resurslari va kadastr” fakultetida ota-onalar va taʼlim muassasasi hamkorligini yanada rivojlantirish, talabalar maʼnaviy dunyoqarashini kengaytirish, taʼlim tizimida amalga oshirilgan islohotlar toʼgʼrisida ota-onalarga maʼlumot berish maqsadida o`tkazilgan yigʼilishda ham aynan shu masala boʼyicha so`z bordi. Yig‘ilishda asosan oʼquv yili mobaynida muntazam dars qoldirgan, fandan qarzi bor hamda unversitetning ichki odob - axloq qoidasiga rioya qilmasdan darsga keladigan talaba-yoshlarni ota-onalari chaqirtirildi. Yigʼilishni fakultet dekani Sh.Narbaev, Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova hamda xotin-qizlar masalalari boʼyicha dekan maslahatchisi Z.Hafizovalar olib borishdi.
Eng avvalo, ota-onalar farzandlari oʼqiyotgan fakultetni shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Fakultet dekani barcha ota-onalarimizni qiziqtirgan savollariga javob berdi va ularga fakultet dekan muovinlari kafedra mudirlari, guruh murabbiylar va tyutorlarni tanishtirdi. Tashkil etilgan ota-onalar yigʼilishida farzandlari tahsil olayotgan taʼlim muassasasida yaratilgan sharoitlar, oʼquv jarayonida amalga oshirilgan islohotlar, moddiy texnika bazasi va mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar toʼgʼrisida atroflicha maʼlumot olish imkonini berdi. Bu yigʼilishdan maqsad ota-onalar bilan doimiy ravishda hamkorlikda ishlash, bu borada farzandlari taʼlim olayotgan fakultet bilan doimiy aloqada boʼlib turishlari kerakligi toʼgʼrisida ham fikrlar berib oʼtildi.
Yig`ilishda fakultet dekani ota-onalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi va ota-onalarning farzandlarini oʼqish jarayonidagi masʼuliyatini oshirish, unversitetda amalga oshirilayotgan oʼzgarishlarga befarq boʼlmasligida ota-onalar va fakultet hamkorligini yanada rivojlantirish toʼgʼrisidagi takliflari berib o`tildi.
YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
Universitet matbuot xizmati