Ota-onalar bilan uchrashuv
Joriy yilning 26 aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetida rejaga asosan 1-kurs talabalarning ona-onalari bilan fakultet dekanati va kafedra professor-o‘qituvchilari uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuvda dastlab universitet va fakultetda yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi. Shundan so‘ng ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Bunda faol, a’lochi va namunali talabalarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirilib har biriga tashakkurnoma berildi. Darslarni o‘zlashtira olmayotgan va tabiati og‘ir talabalarni ota-onalari bilan alohida suhbat o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirok etgan ota-onalar shunday shart-sharoitni yaratib farzandlarini yanada chuqur bilim olishlariga yo‘l ochib berganligi uchun universitet rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdilar. Suhbat yakunida barcha ota-onalar fakultetning o‘quv va laboratoriya xonalari, Axborot resurslar markazi, talabalar oshxonasi va talabalar turar joylariga tashrif buyurib yana bir bor yaratilgan sharoitlarga guvoh bo‘ldilar va o‘zlarini minnatdorchiligini bildirib o‘tdilar.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov axboroti
Universitet matbuot xizmati