TIQXMMI yangiliklari

img
18.10.2023

“Osh”ga bosh bo‘lganlar bilan

Xalqimiz orasida hazil aralash tez - tez tilga olinadigan bu maqolga qulog'imiz o'rganib qolgan. Ko'pchillikning sevimli taomi bo'lgan "palovxonto'ra"ni birgalashib tayyorlashni mening talabalarim rosa haddini olishganda. "Pulingdan bir miri qolsayam osh ye, Kuningdan bir kuni qolsayam osh ye!"

16 - oktabr kuni ham qachondan beri rejalashtirib yurgan "osh estafeta"singing navbatdagi talabgorlari TIQXMMI-MTU,  QXM-fakultetining professional ta'lim 105-106 VA texnik servis 107 - guruh talabalari tashabbusi bilan 2-sonli TTJ da osh damladik. Ko'z tegmasin talabalarim juda ajoyib!

Bolalarcha beg'uborlik bilan xizmat qilishdi hammalari. Uch - to'rttasi bozorlik qilishib keldi. Kimdir ўэchoq-qozon taxladi. Kimdir suv tashidi, kimdir o'tiin. Qizlarim dasturxon tuzadi, salat tayyorlashdi.

 Xullas, hammaningt hissasi qo'shilgan osh haqiqiy "to'y oshi"ga aylandi. To'kin dasturxonda toza havoda do'stona chaqchaqlashib oshxo'rlik qildik. Davomida odatdagidek kuy -qo'shiq, o'yin kulgi talabalarga ko'tarinki ruh berdi.

Men shunday talabalarim borligidan quvonaman faxrlanaman. Bizning bu mavsumga rejalashtirgan "osh estafeta"miz yakuniga yetdi.

QXM fakulteti tyutori O. Abdullayeva axboroti.

Universitet axborot xizmati