O‘rganilgan nazariyani amaliyot bilan bog‘lash
2022 - yil 25 - aprel va 27 - aprel kunlari “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasiga qarashli “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” va “Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari” hamda “Gidromeliorativ tizimlaridan foydalanish” kafedrasiga qarashli “Gidromeliorativ tizimlaridan foydalanish” mutaxassisligi bo‘yicha 1 - kurs magistrlarini TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining O‘quv-ilmiy markazida tashkil etilgan “Zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar” o‘quv poligoni bilan tanishtirildi.
“Yomg‘irlatib sug‘orish usulining samaradorligini o‘rganish va qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish” mavzusi bo‘yicha olib borilayotgan tajriba.
“Lizimetrik kuzatuvlar asosida sug‘orish me’yorlarini aniqlash” bo‘yicha tajribalar bilan tanishtirishda nazariya orqali olingan bilimlarini amaliyotga bog‘lab tushuntirish ishlari olib borish jarayoni.
“TIQXMMI” МТUning O‘quv-ilmiy markazida yomg‘irlatib sug‘orish usuli va Rossiya davlatidan keltirilgan yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi tashkil etilgan va ushbu texnologiya bilan tanishtirildi.
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professori S.X.Isayev axboroti
Universitet matbuot xizmati