O’quv yili yakunlanmoqda
Joriy yilning 7-iyun kuni Universitetimizning G-bino 2-ma’ruzalar zalida “Gidromelioratsiya” fakulteti dekani A.Fatxulloyev, dekan o‘rinbosarlari F.Babajanov, A.Qoraboyev va tyutorlar D.Ahrorova, K.Yakubovlar ishtirokida 2-bosqich talabalari bilan 2021-2022 o‘quv yili yakunlari bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o’tdi.
Davra suhbati dasturida ko‘rilgan masalalar: Universitet odob-aхloq odobi kodeksi ijrosi, O‘quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil etish mohiyati, Talabalarning yashash sharoitlarini tahlil qilish (TTJ talabalari), O‘quv amaliyotlarini tashkil etish.
Yuqoridagi masalalar bo‘yicha fakultet dekani A.Fatxulloyev Universitet odob-axloq kodeksi rioya etish bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi. Suhbat davomida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli qarori asosida “O‘quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil etish mohiyati” haqida tushunchalar berdilar.
Suhbat davomida barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirgan talabalarga va ularning ota-onalariga tashakkurnoma berish taklifini berdi va shu o‘rinda fanlardan qarzdorligi mavjud bo‘lgan talabalarga “Yozgi semestr” qanday tartibda tashkil etilishi haqida ma’lumot ham berildi. Talabalarga ishchi o‘quv rejasida belgilangan muddatlarda o‘quv amaliyotlari bo‘lib o‘tishi haqida ma’lumotlar berildi.
Talabalar o‘zi qiziqtirgan barcha sаvollarga javob oldi.
Universitet matbuot xizmati