31.05.2024
O‘quv yili yakunida
Bugun “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich talabalarining fanlardan yakuniy nazoratlari o‘z nihoyasiga yetdi. Nazoratlar belgilangan vaqtda, belgilangan auditoriyalarda, tasdiqlangan hay’at raisi va a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Shu bilan 1-bosqich o‘qish jarayonlari yakunlandi. Talaba-yoshlarni 2-bosqich talabasi bo‘lganliklari bilan tabriklaymiz. Yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazib kelishlariga tilakdoshmiz. Ta’tilda ko‘proq talim – tarbiyaga oid, qolaversa, qiziqarli badiiy kitoblar o‘qib, ongini va tafakkurini yanada boyitib kelishlarini tilab qolamiz.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati