TIQXMMI yangiliklari

img
12.06.2024

O‘quv yili sarhisobi-yangi rejalar sari bir qadam

Universitet xotin-qizlar maslaxat Kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi”gi 2023 yil 17 iyuldagi 311-sonli buyrug‘ida tasdiqlangan “Nizomi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi kambag‘alchilikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi  xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila va Gender” ilmiy tadqiqot instituti, Respublika ”Oqila ayollar” harakati, tegishli vazirliklarning buyruq va qarorlari, yuqori tashkilotlar tomonidan chiqarilgan normativ hujjatlar bilan ish olib bormoqda va amalga oshirilgan ishlar muntazam ravishda yig‘ilishlarda ko‘rib chiqilib kelinmoqda.

Universitetimizda faoliyatini olib borayotgan Xotin-qizlar maslahat kengashi yuqoridagi barcha tashkilotlar tomonidan kelib tushgan vazifalar, topshiriqlar va buyruqlar asosida har o‘quv yilida o‘z rejasini ishlab chiqadi va rahbariyat tomonidan tasdiqlangan holda ish olib boradi.  Bu borada  yillik ish reja o‘ziga xos faoliyat ko‘rsatayotgan ayol professor-o‘qituvchilar, xodimlar, magistrlar, doktorantlar va shu bilan birga talaba-qizlar borasida olib boriladigan ishlar masalasiga alohida urg‘u beriladi.

Ish reja asosida Gender tenglik, taziyq va zo‘ravonlikni oldini olish, korrupsiya masalasi, TTJ dagi talaba-qizlar masalasi, shu bilan birga xotin-qizlar maslasiga oid halqaro miqiyosidagi  tadbirlar, psixolog tomonidan olib borilayotgan masalalar o‘z o‘rnini topgan.

Bu yilgi 2023-2024 o‘quv yili universitetimizda, ayniqsa xotin-qizlar maslaxat kengashi tomonidan samarali tashkil etildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi albatta. Chunki prezidentimiz tomonidan ayollarga va xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, universitetimiz tomonidan bu imkoniyatlar uchun yaratilgan shart – sharoitlar bu yilgi ish rejamizni unumli va natijador bajarilishiga imkoniyat tug‘dirdi.

Universitetda 7 ta fakultet faoliyat ko‘rsatadi, ayni vaqtda 7 ta fakultetda 7 nafar dekan maslahatchilari o‘z faoliyatlarini olib bordilar.

Bugun 11-iyun kuni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor R.Choriev, rektor maslaxatchisi A.Abdusamatov, Ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i Z.Xaydarov , fakultet dekani J.Ishchanov, xotin-qizlar maslaxat kengashi raisi Z.Ismailova va kengash a’zolari, dekan maslaxatchilari fatnashgan holda xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari va dekan maslaxatchilarini 2023-2024 o‘quv yili uchun bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotini topshirish va muhokama qilish  boshlandi.

Bugungi hisobotni “Gidromelioratsiya”fakulteti dekan maslahatchisi Z.Beknazarova boshlab berdi. Hisobotni bir o‘quv yilida olib borgan ishlari yuzasidan, shu bilan birga Kengash tomonidan berilgan vazifalar yuzasidan tayyorlangan bo‘lib, barcha  sohalarni qamrab olgan, ya’ni TTJ, o‘quv jarayoni, ijarada turuvchi talaba-qizlar va h.o.

Ikkinchi bo‘lib, “Er tuzish va yer kadastri ”fakulteti dekan maslaxatchisi Z.Xafizova tomonidan hisoboti tinglandi. Shu bilan birga “Iqtisodiyot”fakulteti dekan maslahatchisi R.Qodirova davom ettirdi. Bu gungi 3 ta fakultet kesimida olib borilgan ishlar yuzasidan R.Choriev, A.Abdusamatov va ishtirokchilar tomonidan savol – javoblar tashkil etildi.Barcha hisobot qabul qiluvchilar tomonidan hisobotni qoniqarli deb topildi va bir ovozdan qabul qilindi.Hisobot oxirida takliflar va tavsiyalar berildi.

Keyingi o‘quv yilida bu yildagi  bajarilmay qolgan ishlarni davom ettirish, yangi rejalar ustida ishlash va takliflarni inobatga olish zarurligi qayd etib ketildi.