TIQXMMI yangiliklari

img
25.10.2022

O‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlarida o‘zaro hamkorlik

Joriy yilning 24 oktyabr sanasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti “Qurilish muhandisligi va arxitektura” kafedrasi va  Italiyaning Politecnico di Torino universiteti professori Vesipa Riccardo, katta-o‘qituvchi Gulira'no Saidakhmedovalar hamda iqtidorli talaba yoshlar, magistrantlar o‘zlarining nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash maqsadida uniersitetimizning “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida “Gidravlika va gidroinformatika” professor-o‘qituvchilari tashrif buyuruvchilar uchun kafedra laboratoriyasida “Master klas” tashkil etilib, laboratoriyadagi qurilmalar, jihozlarni birma-bir tanishtirib o‘tdi va  ishlatib ko‘rsatdi.

Tomonar mazkur mahorat darsidan so‘ng kelgusidagi o‘quv-uslubiy, ilmi-tadqiqot ishlarida o‘zaro hamkorlik, universitetlarda ilmiy-tadqiqot ishlarni amalga oshirish doirasida yaratilgan sharoitlarni, bevosita laboratoriyalardan almashinib foydalanish  masalalarida muzokaralar olib bordilar.

Universitet matbuot xizmati