O'quv - tanishuv amaliyoti
Har qanday taraqqiyot ilmning kuchi bilan o’z takomiliga ega. Barcha sohalarning rivojini bu siz tasavvur etish qiyin.
Har qanday texnika-texnologiya rivojlanishi nazariy jihatdan mustahkamligi, hisob-kitobi aniq dalillarga tayanilsa amaliyot jarayonida yangi texnologiyalar, ishlab chiqarish ham o’z o’rnida bo’ladi.
Joriy yilning 16-iyun kuni Universitetimiz QSXET fakulteti TJICHAB kafedrasidagi 1-kurs talabalariga 20-iyundan boshlanadigan amaliyot haqida kafedra mudiri R.Gaziyеva ma’lumot berib o’tdilar.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi dotsenti Z.Mirxosilova amaliyotdagi xavfsizlik qoidalarini tushuntirib o’tdilar. Keyinchalik, QSXET fakulteti dekan muovini A.Mutalov talabalarga amaliyotga qatnashi hamda hisobotlarini vaqtida topshirish kerakligi va qolgan fandan qarzdorlik bo’yicha kredit - modul tizimi asosida tushuntirib o’tdi.
Yig'ilish oxirida talabalar o’zini "O'quv - tanishuv amaliyoti”ni o’tash uchun kundalik daftarini olib ishga kirishishdi.
QSXET fakulteti 1-bosqich talabasi To’lqin Ergashov axboroti
Universitet matbuot xizmati