Oʻquv-tajriba xoʻjaligi hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda
2022 yil 14 aprel kuni universitetning oʻquv-tajriba xoʻjaligi hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi, koʻchatlar ekildi.
“Yer resurslarini boshqarish” fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari jamoasi bilan amalga oshirilgan “Yashil makon” tadbirida universitetning oʻquv-tajriba xoʻjaligi hududida 300 ta tut va 200 ta manzarali terak koʻchatlari ekildi.
Universitet va uning oʻquv-tajriba xoʻjaligi hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida universitet jamoasi ishtirokida bugungi kunga qadar 1000 dan ortiq archa, tut va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi, hududlar koʻkalamzorlashtirildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasini universitimizda amalga oshirish ekologik toza, obod hududni yaratish, yoshlarning tabiatni saqlash hamda atrof-muhitni yaxshilashga boʻlgan eʼtibori va masʼuliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
“Yer resurslarini boshqarish” fakulteti dekani Sh.Narbayev axboroti
Universitet matbuot xizmati