TIQXMMI yangiliklari

img
28.02.2022

O‘quv rejasi muhokamasi

“Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi hamda "O‘zsuvta’minot" AJ bilan birgalikda 10.12.2021 yildagi PQ-42-son “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari 2022-yil 25-fevral kuni 5450700-Suv taminoti muhandislik tizimilari talim yonalishi o‘quv rejasini muhokamasi tashkil etildi.

Muhokamada "Ekologiya va suv resurslarini boshqarish" kafedrasi professor o‘qituvchilari va O‘zsuvta’minoti" boshqaruv raisi o‘rinbosari Xaydarov T.O. va ichimlik suvi ishlab chiqarish bo‘limi, oqava suvlar bo‘limi bosh mutaxassislari hamkorlikda sohadagi dolzarb muammolarga e’tibor qaratildi. "Suv ta’minoti muhandislik tizimlari" ixtisosligi bo‘yicha o‘quv reja, malaka talabalari va fan dasturlari mazmuni muhokama qilindi. Tadbirda kafedra mudiri professor B.Abdullayev va "O‘zsuvta’minot" AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Xaydarov T.O. ma’ruza qildilar. Taraflar o‘zaro tuzilgan shartnomalar asosida hamkorlikdagi ishlarni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratdilar.

Universitet matbuot xizmati