O‘quv rejasi muhokamasi
“Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “Axborot-tahlil va resurs markazi” bilan birgalikda 10.12.2021 yildagi PQ-42-son “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari 2022 - yil 22 - fevral kuni 70812308 – “Suv resurslaridan mukammal foydalanish va boshqarish” mutaxassisligi o‘quv rejasini muhokamasi tashkil etildi. Muhokamada kafedra mudiri professor B.Abdullayev magistratura mutaxassisliklarining o’quv rejalaridigi asosiy va tanlov fanlari hamda ilmiy-pedagogik faoliyat va amaliyot dasturlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Majlisda oliy ta’lim va ishlab chiqarishni uzviy bog‘lash uchun malaka talablari va o’quv rejalaridagi ayrim fanlar hamda fan dasturlari mavzulariga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish talabalarni amaluyotlarini tashkil etish bo‘yicha fikrlar almashinildi va hozirgi kunda markazda suv resurslarini boshqarish bo‘yicha mutaxassislarga ehtiyoji borligini ta’kidlab o‘tdi. Majlis yakunida «Axborot-tahlil va resurs markazi» rahbari Qurbonov Shamsiddin Madaminovichga va jamoasiga minnatdorchilik bildirdi.
Universitet matbuot xizmati