TIQXMMI yangiliklari

img
25.01.2022

Oʼquv rejalarni ekspertizadan oʼtkazish boʼyicha seminar

O‘zbekiston Respublikasi Prеzidentining “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42-sonli qarorining 2-ilovasida bakalavriat talim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kasb standartlari, o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi belgilangan. Ushbu vazifalardan kelib chiqib, universitetimizda joriy yilning 24 yanvarь kuni “Er resurslarini boshqarish” fakulьteti kafedralariga qarashli bakalavriat taʼlim yoʼnalishi va magistratura mutaxassisligi boʼyicha oʼquv rejalarni hozirgi kunning dolzarb muammolarini yechish, “Ish beruvchi” tashkilotlarga malakali va sifatli hamda hozirgi kunning talablariga mos kadrlarni yetishtirish maqsadida oʼquv rejalarni ekspertizadan oʼtkazish boʼyicha seminar oʼtkazildi.

Ushbu seminarda soha boʼyicha “Ish beruvchi” tashkilotlardan biriktirilgan ekspertlar, kafedra mudirlari va professor-oʼqituvchilar, jumladan, Respublika aerogeodeziya markazi “Erni masofadan zondlash va muhandislik maydon hisoblash” boʼlimi boshligʼi S.Sirojov, “Kartografiya” DIChK kadrlar boʼlimi boshligʼi N.Nozimov, bosh mutaxassis G.Tekenova, Kadastr agentligi kadastr boʼlimi mutaxassislari X.Oxunov, S.Musurmonqulov, “Oʼzdaverloyiha” DILI boʼlim boshligʼi B.Inamovlar ishtirok etib oʼquv rejalar boʼyicha oʼz fikr-mulohazalarini va takliflarini berib oʼtishdi. Bundan tashqari, seminar raisi B.Xudayarov, YeRB fakulьteti dekani Sh.Narbaev, Marketing boʼlimi boshligʼi X.Xayitovlar ham oʼquv rejalarni takomillashtirish boʼyicha oʼz takliflarini berishdi.

 

Universitet matbuot xizmati