27.05.2024
O’quv - ilmiy markaz sari
Joriy yil 26 may kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti 2 - bosqich talabalari hamda “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi professor- o’qituvchilari kafedra mudiri I.Ro‘ziyev boshchiligida “Gidrologiya va gidrometriya” hamda “Injenerlik geologiyasi va gidrogeologiyasi” fanlaridan amaliyot o‘tash uchun Toshkent viloyati O’rtachirchiq tumani TIQXMMI MTU o‘quv - ilmiy markazi shtabiga jo‘nab ketishdi.
Bu amaliyot talabalarga o‘quv davrida olgan bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.